ATTESTATSIYA JARAYONIDA KENG MUHOKAMAGA SABAB BO‘LGAN SAVOLLAR

DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANIDAN NAMUNAVIY SAVOL VA UNING YECHIMI

❔ 17 yoshli  A. ning sodir etgan odam savdosi jinoyati yuzasidan sud muhokamasi boshlandi. Ushbu vaziyatdagi qaysi fikrlar qonuniy jihatdan to‘g‘ri hisoblanadi?

1⃣ Advokat: odam savdosi jinoyatida javobgarlikka tortish yoshi 18 yosh bo‘lib, 17 yoshli A. jinoyat subyekti bo‘la olmaydi.

2⃣ Prokuror: ushbu jinoyat sudlanuvchi tomonidan qasddan sodir etilgan.

3⃣ Advokat: meni himoyam ostidagi voyaga yetmaganga  intizomiy qismga jo‘natish jazosini tayinlasangiz.            

4⃣ Sudya: qonun bo‘yicha voyaga yetmaganlarning sodir qilgan qilmishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida qaraladi.

5⃣ Sudya: ishda ishtirok etish uchun pedagog yoki psixologning ishtirokini ta’minlash mening zimmamga yuklatilgan.


A) 2,4,5

B) 2,3,5

C) 1,4,5

D) 1,3,4