Logo
  • Asosiy
    • Tashkil topishi
    • Vazifasi
    • Rahbariyat
  • Faoliyat
  • Yangiliklar
  • Adabiyotlar
  • Muhokama
  • Bog'lanish
Logo Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti

Rasmiy hujjat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, milliy va xalqaro baholash sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

  • Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilganligi;
  • Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda xarid qilish;
  • Ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash va sertifikatlashni xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
  • Rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2. Belgilansinki:

  • Markaz davlat muassasasi hisoblanadi;
  • Markazning faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
  • Markaz direktori Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

3. Moliyalashtirish manbalari:

  • Davlat budjeti mablag‘lari;
  • Shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan, shu jumladan, ta’lim xizmatlaridan olinadigan daromadlar;
  • Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
  • Xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2021-yil 7-dekabr, 741-son

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/741/1142-son; 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)

Logo

Sahifalar

Bosh sahifa Yangiliklar Adabiyotlar Aloqa

Foydali havolalar

O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti Jamoaviy murojaatlar portali

Kontakt

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko'chasi 114A
+998 71 207 7979
© 2026 Barcha huquqlar himoyalangan
Developed by PEDMAHORAT developers