FORMАTIV BAHOLASHNI SAMARALI JORIY ETISH BO‘YICHA YANGI LOYIHA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining SMART-ED loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki ko‘magida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi UNICEF bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim tizimida formativ baholashni samarali joriy etishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirmoqda.
Loyiha doirasida mahalliy va Kembrij universiteti ekspertlari ishtirokida o‘qituvchilar uchun:
metodik yo‘riqnomalar;
amaliy topshiriqlar;
video materiallar ishlab chiqilmoqda.
Shu maqsadda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan tayyorlanayotgan materiallar muntazam ravishda muhokama qilinib, xalqaro tajriba asosida takomillashtirilmoqda.
Mazkur loyiha o‘qituvchilarning baholash kompetensiyalarini rivojlantirish, formativ baholash amaliyotini ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti