Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan, sport maktablarga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod maktablari, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududiy filiallariga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi. Mazkur imtihonlar materiallari Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo'lib, bunda sinov materiallari zamonaviy testologiya talablari va xalqaro baholash yondashuvlari asosida shakllantirilishiga katta e'tibor qaratildi.

Imtihon jarayonlarida hamkor tashkilot mas'ullari kuzatuvchi sifatida bevosita qatnashib, jarayonlarni holis va shaffof o'tkazilayotganligiga ishonch hosil qilishdi.