Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi vakillari 17–21-may kunlari Londonda bo‘lib o‘tgan 22-Jahon Ta‘lim forumi (EWF-2026) da ishtirok etdi.
100 dan ortiq davlatdan ta‘lim vazirlari va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashgan ushbu forum doirasida 15 dan ortiq ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir doirasida vazirlik delegatsiyasi tomonidan:
➖AQA bilan 2026–2027-yillar uchun Hamkorlik Memorandumi va
➖Efekta va "Kelajak" markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
➖Google for Education bilan 50 ta maktabda smart-sinflar joriy etish hamda
➖Canva Education bilan maktablarga bepul platforma va treninglar taqdim etish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi.
➖ Bundan tashqari, UCL, UEL, Cambridge, British Council, Hamilton House Publishers va UNESCO rahbariyati bilan strategik hamkorlik yo'nalishlari muhokama qilindi.

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti