Navbatdagi aprobatsiya o‘tkazildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagoglarning 2026-yil kuzgi malaka toifa attestatsiyasiga tayyorgarlik doirasida navbatdagi aprobatsiya jarayonlari tashkil etildi. Aprobatsiya davomida malaka toifa attestatsiyasi uchun ishlab chiqilgan test topshiriqlari ikkinchi marotaba sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, attestatsiya jarayonlarini tashkil etish uchun takomillashtirilayotgan yangi tizimning funksional imkoniyatlari ham amaliy jarayonda tekshirildi.

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti