Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari davom etmoqda.

Bugun tashkil etilgan asosiy sessiya tadbirlarida qator strategik yoʻnalishlarda taqdimot hamda psixologik treninglar oʻtkazildi. Xususan, “Mehrli maktab” faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, “har bir bola muhim” tamoyili asosida taʼlim muassasalarida inklyuziv madaniyatni qaror toptirish, xavfsiz oʻquv muhitini shakllantirish mexanizmlari muhokama qilindi. Shuningdek, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, taʼlim jarayonida individual yondashuvni taʼminlash, inklyuziv taʼlimni sifatli tashkil etishning ilmiy-amaliy jihatlari, maxsus pedagoglarni kompleks qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar tilga olindi. Interaktiv tarzda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida hududlardagi mavjud amaliyot, tizimdagi muammolarning innovatsion yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, inklyuziv muhitni kengaytirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashildi.