#summativ_baholash #zoom SUMMATIV BAHOLASH BO‘YICHA METODIK YO‘RIQNOMA ISHLAB CHIQILMOQDA
SMART-ED loyihasi doirasida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun summativ baholash bo‘yicha metodik yo‘riqnoma ishlab chiqish ishlari boshlandi. Joriy yilning 18-sentyabr kuni mazkur yo‘nalishdagi ilk ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda:
✔️ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
✔️ Respublika ta’lim markazi;
✔️ UNICEF;
✔️ Cambridge University Press & Assessment,
shuningdek, xalqaro va mahalliy ekspertlardan jami 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.
far ishtirokchi qatnashdi.
Uchrashuv davomida metodik yo‘riqnomani ishlab chiqishning asosiy yondashuvlari, tuzilishi va mazmuni, shuningdek, kelgusidagi hamkorlikdagi ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ishlab chiqilayotgan metodik yo‘riqnoma o‘qituvchilarga:
🔃 summativ baholashni samarali tashkil etish;
🔃 baholash topshiriqlari va mezonlarini ishlab chiqish;
🔃 baholash natijalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishga qaratiladi. Keyingi bosqichlarda ishchi uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazilib, metodik yo‘riqnoma materiallari xalqaro tajriba va milliy ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi va takomillashtiriladi.

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti