Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti
Surxondaryo viloyatida mezonlarga asoslangan baholash bo‘yicha treninglar davom etmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan mezonlarga asoslangan baholash tizimini amaliyotga samarali joriy etish maqsadida tashkil etilgan hududiy treninglar Surxondaryo viloyatida qizg‘in davom etmoqda. Treninglar davomida ishtirokchilar baholash mezonlarini to‘g‘ri qo‘llash, BSB va CHSB materiallari bilan ishlash, formativ baholashni dars jarayoniga integratsiya qilish hamda o‘quvchilarning ta’lim natijalarini xolis va shaffof baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar. Mashg‘ulotlar nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda amaliy misollar, guruhli muhokamalar va tajriba almashish orqali olib borilayotgani o‘qituvchilarning yangi baholash tizimini o‘z faoliyatida samarali qo‘llashiga xizmat qilmoqda. Yangi baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish va baholashning adolatliligini ta’minlash yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda.