Ta’lim sohasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
Joriy yilning 4-iyun kuni UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘yicha Mahalliy ta’lim guruhi (LEG)ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ta’lim sohasidagi hamkor tashkilotlar va mutaxassislar ishtirok etib, ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni muhokama qildilar. Tadbir davomida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova tomonidan umumiy o‘rta ta’limda baholash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi. Taqdimotda baholash tizimini takomillashtirish, davlat imtihonlarini modernizatsiya qilish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi. Yig‘ilish yakunida ta’lim sohasidagi islohotlarni samarali amalga oshirish, tajriba almashish va hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti