Markazning Maqsadi va Vazifalari
Ta'lim muassasalarini rivojlantirish va pedagogik kadrlarni qo'llab-quvvatlash
Maqsadi
Markazning asosiy maqsadi Agentlik tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalariga yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim standard, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish, ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalani o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, ilmiy faoliyat, pedagogik mahorat va baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, hamkorlikdagi loyihalami ishlab chiqish hamda amalga oshirish hisoblanadi.
Vazifalari
- Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim standard, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda ularni xarid qilish;
- Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi pedagog kadrlariga malaka toifalarni berish jarayonlarini tashkil etish, test savollarini ishlab chiqish, shu jumladan stajor o‘qituvchilarga kasbiy sertifikatlash va mahalliy ekspertlar uchun treninglar tashkil etish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish;
- Maktab o‘quvchilarga summativ baholash jarayonlarini o‘tkazish;
- Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish;
- Ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;
- Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash va sertifikatlash;
- Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ta’limdagi yutuqlarini ta’lim dasturlariga asoslangan holda baholashni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash;
- Ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalariga doir innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
- Ilmiy faoliyat, pedagogik mahorat va baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish.