
‼️‼️‼️✅✅✅✅



2026-yil 13-mart kuni pedagogik kadrlarni attestasiyadan oʻtkazish malaka sinovlarida foydalaniladigan test topshiriqlari va takomillashtirilgan platforma respublikaning barcha hududlarida yana bir bor aprobatsiyadan oʻtkazildi. Bundan asosiy maqsad ‐ test topshiriqlarining murakkablik darajasi va pedagoglarning bilim hamda kasbiy kompetensiyalarini aniqlash samaradorligini tahlil qilish, sinov jarayonining tashkiliy va texnik jihatlari amaliyotda sinab ko‘rish. Tahlil natijalari asosida test materiallarini yanada takomillashtirish uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqildi. Aprobatsiya sinovlari malaka toifa attestatsiyasi jarayonlarini yanada sifatli, shaffof va adolatli tashkil etishga xizmat qiladi. Telegram | Facebook | Instagram | Website