
🟦🟦 🔴 | #oʻquv_trening










🤩 Ayni daqiqalarda UrDPIda viloyatdagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun yangi baholash tartibini to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha o‘quv-treninglar boshlandi Ochilish marosimida institut rektori Feruza Madraximova hamda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tursunbek Nurmetov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi bo‘limi boshlig‘i Umida Nuriyeva, shuningdek, bir qator masʼullar ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-avgustdagi “O‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish bo‘yicha o‘quv-treninglarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 276-sonli buyrug‘i ijrosi Endilikda o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab respublika bo‘yicha 3 000 ta va shundan Xorazm viloyatida 350 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarida joriy etiladi. Baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun yangi baholash tartibini to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha o‘quv-treninglari tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, bugungi Urganch davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan mazkur treninglarning maqsadi ham rahbar va pedagog xodimlarni yangi baholash tartibini to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat. *Jarayonlar davom etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting. ©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati 🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube