
✅✅✅✅










#Attestatsiya_2026 🔴 Xabaringiz bor, ayni damda yurtimiz bo‘ylab pedagoglarning malaka toifasi uchun testlar davom etmoqda. Shu kunlarda Boshlang‘ich ta‘lim fani pedagoglari o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova poytaxtimizda tashkil etilgan attestatsiya jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. 🔰 Ustozlar bilan pedagoglarga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar xususida ham suhbatlashdi va ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi. 🌐 Shuningdek, vazir jarayonlar tahlili taqdimoti bilan tanishib, mas‘ullar bilan kutilayotgan natijalar haqida fikr almashdi va o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi. 📊Ma‘lumot o‘rnida: joriy yilda attestatsiya sinovlarida 214 ming nafardan ortiq pedagoglarning ishtirok etishi kutilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin