
Orqaga qaytish




9–17 noyabr kunlari “Finnish Inspired Education System Development in Uzbekistan” loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Finlyandiya milliy ta’lim agentligi (EDUFI) hamda Finlyandiya ta’lim sifatini baholash markazi (FINEEC) hamkorligida o‘quv seminar-treninglar tashkil etilgan bo‘lib, unda vazirlik hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari ishtirok etmoqda.




Markaz mutaxassislari seminar-trening davomida quyidagi yo‘nalishlarda o‘z malakalarini oshirmoqda: • ta’lim sifatini baholash; • raqamli baholash tizimlarini qo‘llash; • xalqaro baholash natijalaridan foydalanish. Ushbu tashrif O‘zbekiston ta’lim tizimida sifatni oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Telegram | Facebook | Instagram | Website