
#Attestatsiya

#Rekord_natija 🔄BUXOROLIK USTOZ – IKKI FAN YO‘NALISHIDA ENG YUQORI NATIJA KO‘RSATDI! 🔆Ta’lim sohasida fidoyilik, mehnatsevarlik va o‘z ustida tinimsiz ishlash har doim yuksak natijalarga eltadi. Bunga Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Jahongir Mirzaqulov misol bo‘la oladi. 📌Ustoz bir emas, ikki fan — matematika va ingliz tili yo‘nalishida o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda. J. Mirzaqulovning shogirdlari har yili fan olimpiadalarining respublika va xalqaro bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. ✨Doimiy izlanish, yangiliklarga ochiqlik va zamonaviy metodik yondashuvlar — ustozning faoliyatidagi asosiy tamoyildir. ✨ Joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida Jahongir Mirzayulov matematika fanidan 98 ball to‘plab, oliy toifani qo‘lga kiritdi hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi. 💫 Hozirda o‘tayotgan malaka sinovlarida esa u ingliz tili fanidan 90 ball to‘plab, yana oliy toifani qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, matematika fanidan o‘z natijasini 98 ball bilan mustahkamlab, “Yil o‘qituvchisi” tanlovining nomzodlar ro‘yxatidan ham o‘rin oldi. ➡️Bu yutuqlar — ustozning o‘z kasbiga sadoqati, bilim va tajribani doimiy oshirishga intilishi, hamkasblar va o‘quvchilarga ibrat bo‘la olgan fidokor mehnatining natijasidir. ⚡️Ustozimizga kelgusidagi faoliyatida yanada yuksak marralarni tilaymiz! ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook