Orqaga qaytish

Aziz yurtdoshlar!

Aziz yurtdoshlar!

Bugun yurtimizda yana bir muhim sana — 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun nishonlanmoqda. Ma’lumki, bayroq azaldan xalqlarning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli bo‘lib kelgan. Shu jihatdan yurtimiz bayrog‘i har birimiz uchun bebaho, muqaddas va ulug‘ ramzdir. U Vatanimiz tarixi, buguni va kelajagini o‘z ichiga jamlagan muqaddas timsol sifatida barchamiz uchun aziz va qadrlidir. Barchangizni ushbu milliy iftixor bayrami bilan samimiy tabriklayman. Jonajon O‘zbekistonimizning davlat bayrog‘i doimo mag‘rur hilpirab tursin! Hilola Umarova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari @hilola_umarova