
Hurmatli Vatandoshlar!

Bugun yurtimizda 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun nishonlanmoqda. Davlat bayrog‘i xalqning mustaqilligi, suvereniteti, tinchligi va barqaror taraqqiyotini ifodalovchi asosiy ramzlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasining bayrog'i yurtimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, bugungi islohotlar va kelajakdagi ustuvor maqsadlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas belgi sifatida alohida ahamiyatga ega. Ushbu qutlug‘ sana bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz. Davlat bayrog‘imiz doimo yurt sha’ni va xalqimizning yuksak timsoli sifatida hilpirab tursin. Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Telegram | Facebook | Instagram | Website