
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi E-maktab mas’ullari bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.



Uchrashuvda E-maktab platformasini yanada takomillashtirish, undan foydalanuvchilar uchun yanada qulayliklar yaratish, joriy etilayotgan o‘zgarishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar muhokama qilindi. Ma'lumki 2024–2025-o‘quv yilida 1500 ta, 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab 3435 ta maktab yangi baholash tizimiga o‘tgan bo`lib, shulardan 2648 ta maktabda onlayn, 324 ta maktabda gibrid shaklda 1-chorak CHSB jarayonlari o‘tkazildi. CHSB natijalarini bilish uchun @natijalaruzbot yana ishga tushirildi. Uchrashuv so'ngida: - pedagoglar uchun platformada yaratilayotgan yangi imkoniyatlardan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma ishlab chiqish; -kelayotgan murojaat va savollarga tezkor javob berishni yo'lga qo'yish hamda qayta aloqani yanada rivojlantirish maqsadida axborot xizmatining murojaat raqamlarini tizimga integratsiya qilish ishlarini mas’ul tashkilotlar tomonidan tezkor ko‘rib chiqish bo'yicha rejalar belgilandi. Telegram | Facebook | Instagram | Website