📣 Joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan malaka sinovlarida qatnashgan pedagog kadrlar diqqatiga!!!

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifalarini berish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan: ➖ 5 654 nafar pedagogga — oliy malaka toifasi; ➖ 23 987 nafar pedagogga — birinchi malaka toifasi; ➖ 33 545 nafar pedagogga — ikkinchi malaka toifasi berildi. ➖ 6 099 nafar pedagog mutaxassis lavozimiga loyiq, deb topildi. ✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 48-bandiga asosan: ➖ pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi. ⚡️ Shunga muvofiq, joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan malaka sinovlarida qatnashgan barcha ishtirokchilarning oylik maoshlari joriy yil 16-dekabrdan boshlab yangi toifalari boʻyicha hisoblanishini eslatib oʻtamiz. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin