Orqaga qaytish

Pedagog kadrlar attestatsiyada qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyasi boshlandi

Pedagog kadrlar attestatsiyada qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyasi boshlandiPedagog kadrlar attestatsiyada qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyasi boshlandiPedagog kadrlar attestatsiyada qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyasi boshlandi

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan 5-fevraldan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish malaka (test) sinovlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari va yangilangan platformani aprobatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlandi. Xabaringiz bor: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan 2026-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarida foydalaniladigan test topshiriqlarini tuzish uchun fanlardan test spetsifikatsiyalarning loyiha variant muhokam uchun e’lon qilingan edi. Muhokama jarayonida berilgan takliflar asosida test spetsifikatsiyalari va namunaviy topshiriqlar takomillashtirildi. Aprobatsiyada malaka (test) sinovlarida foydalaniladigan test topshiriqlari sifati o‘rganilmoqda va yangilangan platformaning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazilmoqda. Unda har bir fandan turli makala toifasiga ega pedagog kadrlar ishtirok etmoqda va jarayon reja-grafik asosida 2 hafta davom etishi belgilangan. Berilgan takliflar va testologik tahlillar asosida sinovlarning sifat ko’rsatkichlari yanada takomillashtiriladi. Aprobatsiya o‘tkazishdan asosiy maqsad – malaka (test) sinovlarida foydalaniladigan test topshiriqlari sifatini yanada oshirish, topshiriqlarning ishonchlilik va validlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va takomillashtirish hamda istiqboldagi malaka sinovlarini yuqori saviyada, shaffof va adolatli tashkil etish hisoblanadi. Telegram | Facebook | Instagram | Website