Orqaga qaytish

Dalillarga asoslangan ta’lim transformatsiyasi forumi

Dalillarga asoslangan ta’lim transformatsiyasi forumiDalillarga asoslangan ta’lim transformatsiyasi forumiDalillarga asoslangan ta’lim transformatsiyasi forumi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Toshkent amaliy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Dalillarga asoslangan ta’lim transformatsiyasi: baholashdagi tendensiyalar, muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi forum o‘z ishini davom ettirmoqda. Forum doirasida baholash jarayonlarini takomillashtirish va sohaga innovatsion yechimlarni tatbiq etishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi. Shu jumladan, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Davidova Dilrabo Tadjibayevna ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada Markazning pedagogik mahoratni rivojlantirish, xalqaro baholash tadqiqotlarini joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy faoliyati yoritib berildi. Forum baholash tizimini dalillarga asoslangan, shaffof va zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish yo‘lida muhim professional platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | Website