Orqaga qaytish

‼️‼️‼️✅✅✅✅

‼️‼️‼️✅✅✅✅‼️‼️‼️✅✅✅✅‼️‼️‼️✅✅✅✅

2026-yil 13-mart kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi malaka toifa attestatsiyasi materiallarining aprobatsiya jarayonlari o‘tkazildi. Mazkur aprobatsiya jarayonlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad – attestatsiya sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari, baholash mezonlari va sinov jarayonining tashkiliy jihatlarini amaliy sinovdan o‘tkazish, ularning mazmuni, aniqligi va tushunarliligini tekshirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, aprobatsiya orqali: test topshiriqlarining murakkablik darajasi va pedagoglarning bilim hamda kasbiy kompetensiyalarini aniqlashdagi samaradorligi tahlil qilindi; sinov jarayonining tashkiliy va texnik jihatlari amaliyotda sinab ko‘rildi; aniqlangan kamchilik va takliflar asosida test materiallarini yanada takomillashtirish uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqildi. Aprobatsiya natijalari kelgusida malaka toifa attestatsiyasi jarayonlarini yanada sifatli, shaffof va adolatli tashkil etishga xizmat qiladi. Telegram | Facebook | Instagram | Website