
Hurmatli maktab direktorlari!

Sizga OneID tizimidagi shaxsiy login va parolingiz orqali yangi baholash tizimi bo‘yicha statistik tahlil tizimiga kirish imkoniyati mavjudligini ma’lum qilamiz. Ushbu tizim sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi: • ta’lim jarayoni bo‘yicha dolzarb statistik ma’lumotlarni ko‘rish; • o‘quvchilar natijalarini tahlil qilish; • maktab ko‘rsatkichlari dinamikasini kuzatish; • ma’lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Tizimga kirish uchun: 1. Ko‘rsatilgan havolaga o‘ting https://tahlil.uzedu.uz 2. OneID orqali kirish usulini tanlang. 3. Shaxsiy login va parolingizni kiriting. 4. Kirishni tasdiqlang. E’tibor bering, sizning akkauntingiz ma’lumotlari maxfiy hisoblanadi va hech kimgaberilmasligi lozim. Savollar yoki texnik muammolar yuzaga kelganda, iltimos, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Tizimga ulanish jadvali: 1. 20.04.2026 y. Toshkent shahar 2. 27.04.2026 y Navoiy viloyati, Qashqadaryo viloyati 3. 4.05.2026 y Xorazm viloyati, Buxoro viloyati, Namangan viloyati 4. 11.05.2026 y. Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Jizzax viloyati, Samarqand viloyati 5. 18.05.2026 y. Surxondaryo viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati Hurmat bilan, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Telegram | Facebook | Instagram | Website