
🇺🇿📰📰📰📰📰📰📰







🇺🇿🇫🇮Finlyandiya ekspertlari baholash jarayonlari bilan tanishdi “Finlyandiya ilhomlantirgan ta’lim tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida Finlyandiya Ta’limni baholash markazi ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida ekspertlar ixtisoslashtirilga maktablardan birida bo‘lib, chorak yakuniy summativ baholash jarayonlarini kuzatdi. Shuningdek, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va maktab ma’muriyati bilan uchrashib, baholash jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuv davomida summativ baholashni samarali tashkil etish, baholash natijalaridan ta’lim sifatini oshirishda foydalanish hamda xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga moslashtirish masalalari muhokama qilindi. ❤️Mazkur tashrif ta’limda baholash tizimini takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Website | Telegram | Instagram |Facebook