ATTESTATSIYA JARAYONIDA KENG MUHOKAMAGA SABAB BO‘LGAN SAVOLLAR
#huquq
#attestatsiya_savollari
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANIDAN NAMUNAVIY SAVOL VA UNING YECHIMI
❔ 17 yoshli A. ning sodir etgan odam savdosi jinoyati yuzasidan sud muhokamasi boshlandi. Ushbu vaziyatdagi qaysi fikrlar qonuniy jihatdan to‘g‘ri hisoblanadi?
1⃣ Advokat: odam savdosi jinoyatida javobgarlikka tortish yoshi 18 yosh bo‘lib, 17 yoshli A. jinoyat subyekti bo‘la olmaydi.
2⃣ Prokuror: ushbu jinoyat sudlanuvchi tomonidan qasddan sodir etilgan.
3⃣ Advokat: meni himoyam ostidagi voyaga yetmaganga intizomiy qismga jo‘natish jazosini tayinlasangiz.
4⃣ Sudya: qonun bo‘yicha voyaga yetmaganlarning sodir qilgan qilmishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida qaraladi.
5⃣ Sudya: ishda ishtirok etish uchun pedagog yoki psixologning ishtirokini ta’minlash mening zimmamga yuklatilgan.
2, 4, 5
2, 3, 5
1, 4, 5
1, 3, 4
Nima uchun aynan A javob to‘g‘ri?
Birgalikda o‘rganamiz!
1.Noto‘g‘ri.
Цитата Odam savdosi jinoyati Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan. Odam savdosi jinoyati uchun javobgarlik yoshi Jinoyat Kodeksining 17-moddasining 1-qismi qoidasi bo‘yicha jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan. Jinoyat kodeksining 17-moddasi normalarida 135-modda 18 yoshdan javobgarlik belgilanadigan jinoyatlar ro‘yxatiga kirmaydi. Shuning uchun 17 yoshli A. jinoyat subyekti bo‘ladi.
2.To‘g‘ri.
Цитата Odam savdosi qasddan sodir etiladigan jinoyat hisoblanadi.Jinoyat kodeksining 135-moddasida, jumladan, shaxsni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish nazarda tutilgan. Bu esa A. oʻz qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istaganligini anglatadi.
3. Noto‘g‘ri.
Цитата Voyaga yetmagan shaxsga intizomiy qismga jo‘natish jazosi tayinlanmaydi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining voyaga yetmaganlar javobgarligiga oid maxsus qoidalari qo‘llaniladi.
4.To‘g‘ri
Цитата Jinoyat kodeksining 55-moddasida voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida bevosita ko‘rsatilgan.
5.To‘g‘ri.
Цитата Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda pedagog yoki psixolog ishtirok etishi mumkin. Ularning ishtirokini ta’minlash jinoyat ishini yuritayotgan organ, jumladan sud zimmasiga yuklatiladi
✅ Demak: 2, 4, 5 fikrlar to‘g‘ri
To‘g‘ri javob: A

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti