
📰📰📰📰📰📰📰



✅ Avval xabar berganimizdek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi AQSHda ETS (Educational Testing Service) tomonidan tashkil etilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi. Tadbir yakunida Markaz va ETS o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat bilan istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. 🔰 Shuningdek, Markaz delegatsiyasi EST tomonidan tashkil etilgan 4 kunlik o‘quv treninglarini ham muvaffaqiyatli yakunladi. Ushbu o‘quv jarayoni zamonaviy baholash yondashuvlari, testologiya, ilmiy-tadqiqot asosida baholash hamda imtihon xavfsizligini ta’minlash masalalari haqida so‘z yuritildi. ➖ Ma‘lumot o‘rnida: ETS — ta’limni baholash sohasida dunyodagi eng yirik va nufuzli tashkilotlardan biri bo‘lib, qator xalqaro imtihonlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin