
RASMIY MUNOSABAT
✅ Navbatdan tashqari attestatsiya sinovlarida salbiy natija qayd etgan pedagoglarning maktab rahbariyati tomonidan ishdan boʻshatish boʻyicha ogohlantirilayotganligiga doir ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan xabarlar hech bir asosga ega emas. ❗️Avvalo shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, maktab rahbariyati yoki boshqa mansabdor shaxslarning pedagoglar oldiga bu kabi talablarni qoʻyishi qonunchilik talablariga mutlaqo zid. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra: ➖ navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va oʻta olmagan pedagoglarning malaka toifasi tushirilmaydi hamda ularga amaldagi oʻz malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanishida davom etiladi. 👉 Bundan maʼlumki, navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball toʻplay olmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga doir hech qanday qonuniy asos mavjud emas. ❗️ Bu muhim: amaldagi tartibga koʻra, faqatgina oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis lavozimidagi pedagoglar majburiy attestatsiya sinovlarida qatnashib undan oʻta olmagan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinishi mumkin. Bunda ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, mazkur pedagoglar navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ketma-ket ikki marta qatnashish huquqiga ega. ✅ Mazkur imkoniyatlardan keyin ham pedagogning attestatsiya sinovlarida salbiy natija qayd etishi xodim bilan mehnat shartnomasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos boʻladi. Boshqa hech bir holatda pedagoglarning attestatsiya sinovlaridagi salbiy natija qayd etishi ularning mehnat shartnomasini bekor qilinishiga asos boʻlmaydi. 👉 Hurmatli pedagoglar! ➖ Agar maktab rahbariyati yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan sizga nisbatan yuqorida keltirib oʻtilgan holatlar boʻyicha noqonuniy talab qoʻyilsa, vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09) yoki @mmtv_anticorbot manzili boʻyicha xabar berishingizni soʻraymiz. 👉 Murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin