Orqaga qaytish

#qonunchilik_hujjatlari

#qonunchilik_hujjatlari

#eslatma 📣 Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish uchun koʻrsatiladigan davlat xizmati yigʻim miqdori 50 foizga arzonlashdi ✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 👉 Mazkur qaror bilan: ➖ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga tegishli oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra: ➖ pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undirilishi belgilandi (oldin bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdori edi). 👉 Shuningdek, qaror bilan: ➖ koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari; ➖ muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari; ➖ umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatlari; ➖ traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari; ➖ rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari va boshqa qator davlat xizmatlari boʻyicha imtiyozlar belgilandi. 👉 Qarorning toʻliq matni Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin