Orqaga qaytish

📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

❗️Attestatsiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2026-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin. ✅ Xabaringiz bor, 2026-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish 1-martga qadar davom etdi. ➖ Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan. ❕O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz. Bizni kuzating: ❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin