Orqaga qaytish

#Xalqaro_forum

#Xalqaro_forum#Xalqaro_forum#Xalqaro_forum#Xalqaro_forum#Xalqaro_forum#Xalqaro_forum

#Hamkorlik #Baholash 🔹 Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Toshkent amaliy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilgan "Dalillarga asoslangan taʼlim transformatsiyasi: Baholashdagi tendensiyalar, muammolar va innovatsion yechimlar" mavzusida forum davom etmoqda. Forum davomida baholash jarayonlarini takomillashtirish va sohaga innovatsion yechimlarni tatbiq etish bo'yicha quyidagi mavzularda ma'ruzalar qilindi: "Milliy baholash eksperimental tadqiqoti natijalari" — Maxmudov Anvarjon Zokirovich, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori oʻ rinbosari; "Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi natijalari va ta’lim natijalarini baholashda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari" — To‘ychiyev Olimjon Alijonovich, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori; "Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyati" — Davidova Dilrabo Tadjibayevna, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori; "O‘zbekistonda o‘rta ta’lim uchun xalqaro miqyosda e’tirof etilgan malakalarni joriy etish" — Steve King, Cambridge ta’lim hamkorligi tashkilotining Yevropa va Osiyo bo‘yicha ta’lim islohotlari rahbari; "Nega formativ va summativ baholash natijalarini birlashtirish kerak emas" — Matthew Goldie-Scot, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ta’lim bo‘yicha eksperti; "Baholash tizimini shakllantirish: dasturdan o‘quv-uslubiy materiallargacha" — Shakirov Filipp Rinatovich, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi - V.S.Lednev nomidagi O‘qitish mazmuni va metodlari instituti vakili. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz