Orqaga qaytish

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🌟Ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash yo‘lida muhim seminar Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan Milliy pedagogika universiteti pedagoglari hamda mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur seminar ta’limning turli bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, baholash jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda testolog mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratildi. Seminar davomida ta’limda baholashning zamonaviy tamoyillari, test topshiriqlarini ishlab chiqish, ularning ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xalqaro baholash dasturlari — TIMSS va PISA tajribalari tahlil qilinib, ularni milliy ta’lim tizimiga mos ravishda qo‘llash, baholash jarayonlarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Mazkur seminar pedagog va mutaxassislarning baholash sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda ta’limning barcha bosqichlarida uzviylikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.