FIESDU LOYIHASI DOIRASIDA XIZMAT SAFARI
Joriy yilning 27-sentabr – 1-oktabr kunlari “O‘zbekistonda Finlyandiya ilhomlantirilgan ta’lim tizimini rivojlantirish” (FIESDU) loyihasi doirasida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi xodimlarining Finlyandiyaga yakuniy xizmat safari amalga oshirildi.
Tashrif davomida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ta’lim sifatini baholash, zamonaviy baholash metodologiyalari va xalqaro tajribani O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Safar doirasida FINEEC ekspertlari bilan retrospektiv seminarlar, shuningdek, Finlyandiyaning ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishuvlar tashkil etildi.
Tashrifning asosiy maqsadi:
✅ 2023–2026-yillarda FIESDU loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish;
✅ erishilgan natijalarni muhokama qilish;
✅ o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarni O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
✅ hamda ta’lim sifatini baholash yo‘nalishidagi kelgusidagi vazifalarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti