FORMАTIV BAHOLASHNI SAMARALI JORIY ETISH BO‘YICHA YANGI LOYIHA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining SMART-ED loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki ko‘magida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi UNICEF bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim tizimida formativ baholashni samarali joriy etishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirmoqda. 📚 Loyiha doirasida mahalliy va Kembrij universiteti ekspertlari ishtirokida o‘qituvchilar uchun: 🔵 metodik yo‘riqnomalar; 🔵 amaliy topshiriqlar; 🔵 video materiallar ishlab chiqilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan tayyorlanayotgan materiallar muntazam ravishda muhokama qilinib, xalqaro tajriba asosida takomillashtirilmoqda. ✅Mazkur loyiha o‘qituvchilarning baholash kompetensiyalarini rivojlantirish, formativ baholash amaliyotini ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti