🇺🇿MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz! Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho ne’mati, taraqqiyotimiz, tinchligimiz va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Markaz rahbari Davidova Dilrabo Tadjibayevna hamda bir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Mazkur yuksak e’tirofni Markaz jamoasining ta’lim rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnati, mas’uliyati va samarali faoliyatiga bildirilgan e’tibor sifatida qabul qilamiz. Fursatdan foydalanib, Markazning barcha jamoasi hamda yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿 Telegram | Facebook | Instagram | Website

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti