Yangilik 09.07.2026

MUTAXASSISLARNI TANLOV ASOSIDA SARALASH TOʻGʻRISIDA EʼLON

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi o‘qituvchilar uchun formativ baholashni o‘qitish va o‘rganish jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha metodik yo‘riqnomani ishlab chiqish va mahalliy sharoitga moslashtirish, shuningdek, formativ baholash usullarining amaliy qo‘llanilishini yorituvchi ssenariylar hamda videomateriallarni tayyorlash loyihasida ishtirok etish uchun mutaxassislarni tanlov asosida saralashni e’lon qiladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar tomonidan tayyorlangan materiallarni milliy o‘quv dasturlari, ta’lim maqsadlari hamda mahalliy kontekstni hisobga olgan holda ko‘rib chiqish va moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish muddati – 3 oy.

To‘lov shartlari: haq to‘lash amalda bajarilgan va qabul qilingan ishlar uchun har oy yakunida yoki loyiha tugagandan so‘ng bir martalik tartibda, tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnoma shartlariga hamda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida amalga oshirilishi mumkin.

Tanlov natijalariga ko‘ra saralab olingan mutaxassislar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi.

1. Ekspertlar guruhi rahbari — 1 nafar mutaxassis

Asosiy vazifalari:

  1. fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertlar ekspertlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  2. formativ baholash bo‘yicha metodik yo‘riqnomani ko‘rib chiqish;
  3. metodik yo‘riqnoma mazmunining milliy o‘quv dasturlariga muvofiqligini baholash;
  4. ekspertlarning fikr-mulohazalari, takliflari va tavsiyalarini umumlashtirish;
  5. fanlarga oid misollar hamda metodik materiallarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash;
  6. videomateriallar uchun ssenariylarni tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

Taxminiy ish hajmi: 24 ish kunigacha.

2. Baholash va o‘quv dasturlari bo‘yicha ekspertlar — har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan mutaxassis

Yo‘nalishlar:

  1. Aniq fanlar: matematika, informatika va axborot texnologiyalari, shuningdek boshqa turdosh fanlar;
  2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar: tarix, huquq va boshqa tegishli fanlar;
  3. Tabiiy fanlar: biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlar;
  4. Filologiya fanlari: ona tili va adabiyoti, rus tili, ingliz tili hamda boshqa til fanlari;
  5. Boshlang‘ich ta’lim va amaliy fanlar: boshlang‘ich sinflarda matematika va til fanlari, musiqa hamda boshqa tegishli fanlar.

Ekspertlarning asosiy vazifalari:

  1. xalqaro ekspertlar tomonidan tayyorlangan metodik yo‘riqnoma boblari loyihalarini ko‘rib chiqish;
  2. materiallarni O‘zbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar va tavsiyalar tayyorlash;
  3. materiallarning milliy o‘quv dasturlari hamda ta’lim maqsadlariga muvofiqligini baholash;
  4. fanlarga oid vaziyatlar, amaliy misollar va formativ baholashni qo‘llash modellarini ishlab chiqish;
  5. o‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida foydalanish uchun namunaviy misollarni tayyorlash;
  6. formativ baholashni o‘qitish metodikasi va darsni rejalashtirish jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha videomateriallar uchun ssenariylarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

Har bir ekspertning taxminiy ish hajmi: 24 ish kunigacha.

3. Videomateriallarni tayyorlash bo‘yicha mutaxassis yoki tashkilot

Asosiy vazifalari:

  1. tasdiqlangan metodik yo‘riqnoma va ssenariylar asosida 5 ta videomaterialni tayyorlash;
  2. videotasvirga olish jarayonini tashkil etish;
  3. videotasvirga olish, montaj qilish, ovozlashtirish hamda grafik dizayn ishlarini amalga oshirish;
  4. buyurtmachining fikr-mulohaza va tavsiyalari asosida zarur o‘zgartirishlarni kiritish;
  5. yakuniy videomateriallarni belgilangan texnik talablarga muvofiq tayyorlash.

Nomzod yoki tashkilot avval amalga oshirilgan ta’limga oid yoki axborot yo‘nalishidagi videoloyihalar portfelini (portfolio) taqdim etishi lozim.

4. Ingliz va o‘zbek tillari bo‘yicha tarjimon — 1 nafar mutaxassis

Asosiy vazifalari:

  1. ishlab chiqilgan metodik yo‘riqnomani ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish;
  2. o‘zbek tilida ishlab chiqilgan misollar, vaziyatlar va qo‘shimcha materiallarni ingliz tiliga tarjima qilish;
  3. pedagogik, fan va baholashga oid terminologiyaning to‘g‘ri hamda izchil qo‘llanilishini ta’minlash;
  4. ekspertlar ko‘rib chiqishi natijalariga ko‘ra terminlarni kelishish va zarur tuzatishlarni kiritish.

Tarjimaning taxminiy hajmi: 160 betgacha, shu jumladan har bir til yo‘nalishi bo‘yicha 80 betgacha.

5. O‘zbek tili muharrir-korrektori — 1 nafar mutaxassis

Asosiy vazifalari:

  1. yakuniy hujjatlarni o‘zbek tilida adabiy va texnik tahrirdan o‘tkazish;
  2. imlo, tinish belgilari, grammatika va uslubiy jihatdan tekshirish;
  3. terminologiya, qisqartmalar hamda hujjatni rasmiylashtirishning yagona uslubini ta’minlash;
  4. materiallarni tasdiqlashdan oldin yakuniy korrekturadan o‘tkazish.

Taxminiy ish hajmi: 80 betgacha.

6. Loyiha koordinatori — 1 nafar mutaxassis

Asosiy vazifalari:

  1. loyihani tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish;
  2. ekspertlar guruhi rahbari, ekspertlar, tarjimon, muharrir hamda videomateriallarni tayyorlash bo‘yicha mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  3. ishlarni bajarish jadvalini shakllantirish va uning ijrosini nazorat qilish;
  4. ishchi uchrashuvlar va muhokamalarni tashkil etish;
  5. loyiha hujjatlarini yuritish;
  6. tayyorlangan materiallarni yig‘ish va tizimlashtirish;
  7. belgilangan muddatlarga rioya etilishini nazorat qilish hamda hisobot materiallarini tayyorlash.

Taxminiy bandlik muddati: 30 ish kunigacha.

7. Loyiha buxgalteri — 1 nafar mutaxassis

Asosiy vazifalari:

  1. loyihaning moliyaviy hisobini yuritish;
  2. jalb etilgan mutaxassislar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  3. birlamchi moliyaviy hujjatlar hamda bajarilgan ishlar dalolatnomalarini tekshirish;
  4. xarajatlarning tasdiqlangan loyiha byudjetiga muvofiqligini nazorat qilish;
  5. loyiha bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.

Taxminiy bandlik muddati: 20 ish kunigacha.

8. Loyiha assistenti — 1 nafar mutaxassis

Asosiy vazifalari:

  1. loyiha koordinatoriga tashkiliy va texnik ko‘mak ko‘rsatish;
  2. ishchi hujjatlar, ro‘yxatlar, bayonnomalar hamda axborot materiallarini tayyorlash;
  3. loyiha ishtirokchilari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
  4. kelib tushayotgan materiallarni yig‘ish, ro‘yxatga olish va tizimlashtirish;
  5. uchrashuvlar hamda loyihaning boshqa tadbirlarini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

Taxminiy bandlik muddati: 20 ish kunigacha.

Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar

  1. tanlangan yo‘nalish bo‘yicha tegishli oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  2. tegishli mutaxassislik bo‘yicha amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;
  3. yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish qobiliyatiga ega bo‘lish;
  4. elektron hujjatlar bilan ishlash va masofaviy hamkorlik vositalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  5. yozma va og‘zaki nutq madaniyatiga ega bo‘lish;
  6. mas’uliyatlilik, intizomlilik hamda maxfiylik talablariga rioya etish.

Fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertlar uchun quyidagi tajribaga ega bo‘lish ustunlik hisoblanadi:

  1. o‘quv dasturlari va metodik materiallarni ishlab chiqish yoki ekspertizadan o‘tkazish tajribasi;
  2. baholash materiallarini ishlab chiqish tajribasi;
  3. formativ baholashni amaliyotda qo‘llash tajribasi;
  4. tegishli fan bo‘yicha pedagogik faoliyat (o‘qituvchilik) tajribasi;
  5. milliy yoki xalqaro ta’lim loyihalarida ishtirok etganlik tajribasi.

Arizalarni topshirish tartibi

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  1. tanlangan lavozim yoki yo‘nalish ko‘rsatilgan rezyume (CV);
  2. ma’lumoti va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
  3. tegishli yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  4. avval bajarilgan ishlar namunalari yoki portfolio (mavjud bo‘lsa);
  5. loyihani amalga oshirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan kasbiy tajribasi haqida qisqacha ma’lumot.

Hujjatlar 2026-yil «17» iyul kuniga qadar qabul qilinadi.

Elektron pochta: pmm@piima.uz

Bog‘lanish uchun telefon: +998 71 207 79 79

Tashkilot manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 114A

Elektron xat mavzusida tanlangan lavozim yoki fan yo‘nalishi nomi ko‘rsatilishi lozim.






ОБЪЯВЛЕНИЕ О КОНКУРСНОМ ОТБОРЕ СПЕЦИАЛИСТОВ

Научно-практический центр педагогического мастерства и международной оценки объявляет конкурсный отбор специалистов для участия в проекте по разработке и адаптации методического руководства для учителей по интеграции формативного оценивания в процессы преподавания и обучения, а также по подготовке сценариев и видеоматериалов, разъясняющих практическое применение методов формативного оценивания.

Проект предусматривает рассмотрение и адаптацию материалов, подготовленных международными экспертами, с учётом национальных учебных программ, образовательных целей и местного контекста.

Срок реализации проекта: 3 месяца.

Условия оплаты: оплата за фактически выполненные и принятые работы может осуществляться ежемесячно либо единовременно по окончании проекта — в соответствии с условиями заключённого гражданско-правового договора и на основании оформленных актов выполненных работ.

По результатам конкурсного отбора с выбранными специалистами будут заключены гражданско-правовые договоры.

1. Руководитель экспертной группы — 1 специалист

Основные задачи:

• координация деятельности предметных экспертов;

• рассмотрение методического руководства по формативному оцениванию;

• проверка соответствия содержания руководства национальным учебным программам;

• обобщение замечаний, предложений и рекомендаций экспертов;

• обеспечение согласованности предметных примеров и методических материалов;

• контроль подготовки сценариев для видеоматериалов.

Ориентировочный объём работы: до 24 рабочих дней.

2. Эксперты по оцениванию и учебным программам — по 3 специалиста по каждому направлению

Направления:

• точные науки: математика, информатика и информационные технологии, а также другие смежные дисциплины;

• общественные и гуманитарные науки: история, право и другие соответствующие дисциплины;

• естественные науки: биология, физика и другие естественно-научные дисциплины;

• филологические дисциплины: родной язык и литература, русский язык, английский язык и другие языковые дисциплины;

• начальное образование и прикладные дисциплины: математика и языковые дисциплины в начальных классах, музыка и другие соответствующие предметы.

Основные задачи экспертов:

• рассмотрение проектов глав методического руководства, подготовленных международными экспертами;

• подготовка замечаний, предложений и рекомендаций по адаптации материалов к условиям Республики Узбекистан;

• проверка соответствия материалов национальным учебным программам и образовательным целям;

• разработка предметных ситуаций, практических примеров и моделей применения формативного оценивания;

• подготовка примеров для использования учителями на уроках;

• участие в разработке сценариев видеоматериалов по интеграции формативного оценивания в методику преподавания и планирование уроков.

Ориентировочный объём работы каждого эксперта: до 24 рабочих дней.

3. Специалист или организация по производству видеоматериалов

Основные задачи:

• подготовка пяти видеоматериалов на основании утверждённых методических рекомендаций и сценариев;

• организация съёмочного процесса;

• видеосъёмка, монтаж, озвучивание и графическое оформление;

• внесение изменений по замечаниям заказчика;

• подготовка итоговых видеоматериалов в требуемом техническом формате.

Кандидату или организации необходимо представить портфолио ранее выполненных образовательных либо информационных видеопроектов.

4. Переводчик английского и узбекского языков — 1 специалист

Основные задачи:

• перевод разработанного методического руководства с английского языка на узбекский язык;

• перевод разработанных на узбекском языке примеров, ситуаций и дополнительных материалов на английский язык;

• обеспечение правильного использования педагогической, предметной и оценочной терминологии;

• согласование терминов и внесение исправлений по результатам экспертного рассмотрения.

Ориентировочный объём перевода: до 160 страниц, в том числе до 80 страниц по каждому языковому направлению.

5. Редактор-корректор узбекского языка — 1 специалист

Основные задачи:

• литературное и техническое редактирование итоговых документов на узбекском языке;

• проверка орфографии, пунктуации, грамматики и стилистики;

• обеспечение единообразия терминологии, сокращений и оформления;

• окончательная корректура материалов перед утверждением.

Ориентировочный объём работы: до 80 страниц.

6. Координатор проекта — 1 специалист

Основные задачи:

• организационное сопровождение проекта;

• координация работы руководителя группы, экспертов, переводчика, редактора и специалистов по видеопроизводству;

• формирование и контроль графика выполнения работ;

• организация рабочих встреч и обсуждений;

• ведение проектной документации;

• сбор и систематизация подготовленных материалов;

• контроль соблюдения сроков и подготовка отчётной информации.

Ориентировочный период занятости: до 30 рабочих дней.

7. Бухгалтер проекта — 1 специалист

Основные задачи:

• финансовое сопровождение проекта;

• ведение расчётов с привлечёнными специалистами;

• проверка первичных финансовых документов и актов выполненных работ;

• контроль соответствия расходов утверждённому бюджету;

• подготовка финансовой отчётности по проекту.

Ориентировочный период занятости: до 20 рабочих дней.

8. Ассистент проекта — 1 специалист

Основные задачи:

• организационно-техническая помощь координатору проекта;

• подготовка рабочих документов, списков, протоколов и информационных материалов;

• взаимодействие с участниками проекта;

• сбор, регистрация и систематизация поступающих материалов;

• сопровождение встреч и иных проектных мероприятий.

Ориентировочный период занятости: до 20 рабочих дней.

Общие требования к кандидатам

• наличие образования, соответствующего выбранному направлению;

• практический опыт работы по соответствующей специальности;

• способность качественно выполнять задания в установленные сроки;

• навыки работы с электронными документами и средствами дистанционного взаимодействия;

• грамотная письменная и устная речь;

• ответственность, исполнительность и соблюдение конфиденциальности.

Для предметных экспертов преимуществом является опыт:

• разработки или экспертизы учебных программ и методических материалов;

• разработки оценочных материалов;

• применения формативного оценивания;

• преподавания соответствующего предмета;

• участия в национальных или международных образовательных проектах.

Порядок подачи заявок

Заинтересованным кандидатам необходимо направить следующие документы:

• резюме (CV) с указанием выбранной позиции или направления;

• копии документов об образовании и квалификации;

• сведения об опыте работы по соответствующему направлению;

• примеры ранее выполненных работ или портфолио — при наличии;

• краткое описание профессионального опыта, имеющего значение для реализации проекта.

Документы принимаются до «17» июля 2026 года.

Электронная почта: pmm@piima.uz

Контактный телефон: +99871 207 79 79

Адрес организации: г. Ташкент, Яшнабадский райион, Махтумкули 114А

В теме письма необходимо указать наименование выбранной позиции или предметного направления.


}