Yangilik 18.09.2026

QAYTA TAYYORLASH KURSLARI TINGLOVCHILARI UCHUN YAKUNIY NAZORAT SINOVLARI O‘TKAZILDI

#Yakuniy_nazorat


Xabaringiz bor, avvalroq A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun yakuniy nazorat sinovlari o‘tkazilishi haqida e’lon bergan edik.


Bugun mazkur kurslarning 100 nafarga yaqin tinglovchisi uchun yakuniy nazorat sinovlari Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida o‘tkazildi.


Sinovlar quyidagi qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi:

👉 Oligofrenopedagogika;

👉 Ta’lim muassasasi logopedi;

👉 Pedagogik faoliyat yuritish huquqini berish bo‘yicha qayta tayyorlash;

👉 Texnologiya fani.


🖋 Yakuniy nazorat jarayonida tinglovchilarning qayta tayyorlash kurslari davomida egallagan bilim va ko‘nikmalari baholandi.



Barcha tinglovchilarga yakuniy nazorat natijalarida muvaffaqiyat tilaymiz!


Batafsil



}