Yangilik 27.07.2026

#trening

🌟Mezonlarga asoslangan baholash tizimini joriy etish bo‘yicha respublika treninglari boshlandi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, trener-o‘qituvchilar hamda e-Maktab tizimi xodimlari hamkorligida mezonlarga asoslangan baholash tizimini umumta’lim maktablariga joriy etish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan ishlar boshlandi. 2026–2027-o‘quv yilida mezonlarga asoslangan baholash tizimi joriy etilgan maktablar sonini 5 000 taga yetkazish rejalashtirilgan. Respublika miqyosidagi treninglarning dastlabki bosqichi Namangan viloyatida boshlandi. Treninglar davomida ishtirokchilarga mezonlarga asoslangan baholash tizimining mazmun-mohiyati, afzalliklari hamda uni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, yangi baholash tizimini joriy etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar ishtirokchilar bilan birgalikda muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etilmoqda. Mazkur treninglar o‘qituvchilarning baholash kompetensiyalarini rivojlantirish, baholash jarayonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. ✅ facebook / ✅ instagram / 🌍wabsite #Namangan

}