Yangilik 30.07.2026

📍 Treninglarning navbatdagi manzili — Farg‘ona viloyati

Mezonlarga asoslangan baholash tizimini hududlarda joriy etishga qaratilgan respublika treninglarining 4–5-kunlari Farg‘ona viloyatida davom etmoqda. Farg‘ona bosqichida asosiy e’tibor yangi baholash tizimini maktab faoliyatiga izchil tatbiq etish, pedagoglar ishini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda natijalarni amaliy qarorlarga aylantirishga qaratildi. 🗂Trening yakunida har bir ishtirokchi o‘z maktabida amalga oshiriladigan dastlabki qadamlarni belgilab olishi ko‘zda tutilgan. Zero, yangi tizimning samarasi faqat baholash jarayonida emas, balki uning natijasi asosida o‘qitish usullarini takomillashtirishda namoyon bo‘ladi. ✅ facebook / ✅ instagram / 🌍wabsite #Farg'ona

}