#ustozlar_uchun KASBIY MAHORATNI OSHIRISH UCHUN 5 AMALIY TAVSIYA
- HAR KUNI YANGI BILIM O‘RGANING Ta’lim metodikasi, pedagogika, faningizga oid yangiliklar va zamonaviy yondashuvlarni muntazam o‘rganing.
- O‘Z DARSINGIZNI TAHLIL QILING Har bir darsdan so‘ng “Dars boshida qo'yilgan maqsadga erishildimi?”, “Nima o'zgartirish yoki tahrirlash kerak?”, "Kimga qanday yordam kerak?" degan savollar orqali o‘z faoliyatingizni tahlil qiling.
- ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANING Raqamli vositalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘rganib, ularni dars jarayonida maqsadli qo‘llashni odat qiling.
- TAJRIBA ALMASHING Hamkasblaringiz bilan ochiq darslar, metodik uchrashuvlar va muhokamalarda ishtirok eting. Boshqalarning tajribasi yangi g‘oyalar manbai bo‘lishi mumkin.
- O‘ZINGIZ UCHUN RIVOJLANISH REJASINI TUZING Bir yil davomida egallamoqchi bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalaringizni belgilang. Kichik, ammo muntazam qadamlar katta natijaga olib keladi.

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti