XORAZMDA YAKUNIY NAZORAT SINOVLARI O‘TKAZILDI
Xorazm viloyatida “Maktabgacha ta’lim tashkiloti logopedi” ta’limi tizimida pedagog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash yo‘nalishi kursi tinglovchilari uchun yakuniy nazorat sinovlari Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazildi.
✅ Yakuniy nazorat jarayonlari shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillari asosida tashkil etildi.
Sinov natijalariga ko‘ra, talabgorlarning 80 foizi test topshiriqlaridan yuqori ball to‘pladi.
Mazkur natijalar tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli namoyon etganini ko‘rsatadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti