Yangilik 04:58 - 16.06.2026

📰📰📰📰📰📰📰

📢 Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida JICA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📷 Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida Japan International Cooperation Agency — JICA vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mezonlarga asoslangan baholash tizimini yanada takomillashtirish, uning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni hamda amaliy samaradorligini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida baholash orqali yagona yondashuv va izchil baholash tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim jarayonini xalqaro ilg‘or tajribalar bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuvda xalqaro tajribalarni o‘rganish, baholash jarayonlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, pedagog kadrlarning amaliy salohiyatini oshirish hamda mezonlarga asoslangan baholash tizimini amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. 📝 Tomonlar kelgusida baholash tizimini takomillashtirish, ta’lim sifati kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Telegram | Facebook | Instagram | Website

}