Yangilik 06.08.2026

✅✅✅✅

✅ Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi Respublika seminari davom etmoqda. ➖ Bugun tashkil etilgan asosiy sessiya tadbirlarida qator strategik yoʻnalishlarda taqdimot hamda psixologik treninglar oʻtkazildi. ➖ Xususan, “Mehrli maktab” faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, “har bir bola muhim” tamoyili asosida taʼlim muassasalarida inklyuziv madaniyatni qaror toptirish, xavfsiz oʻquv muhitini shakllantirish mexanizmlari muhokama qilindi. 🔰 Shuningdek, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, taʼlim jarayonida individual yondashuvni taʼminlash, inklyuziv taʼlimni sifatli tashkil etishning ilmiy-amaliy jihatlari, maxsus pedagoglarni kompleks qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar tilga olindi. 👉 Interaktiv tarzda oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida hududlardagi mavjud amaliyot, tizimdagi muammolarning innovatsion yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, inklyuziv muhitni kengaytirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashildi. Telegram | Facebook | Instagram | Website

}