Yangilik 24.07.2026

⭕️⭕️⭕️

📣 Navbatdan tashqari attestatsiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga tushirildi ✔️ Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy hamda kasbiy sertifikatlash sinovlarida birinchi marta ishtirok etish bepul! 🔤Ma’lumki, navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaat yuborishda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirilar edi. ✨ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan, endilikda pedagoglarga ushbu yig'im bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida etib belgilandi! 🔹 Pedagoglar murojaat yuborishda quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: ➖ Vazirlikning rasmiy pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali ➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 👉 Ma'lumot uchun: hozirgi kunda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish davom etmoqda. Qabul joriy yil 31-iyulgacha davom etadi. ➖ Avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun qabul 1-avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

}