Yangilik 24.08.2026

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Yangi mezonlarga asoslangan baholash tizimini joriy etish bo‘yicha hududiy treninglar yakunlandi Respublika bo‘ylab yangi mezonlarga asoslangan baholash tizimini amaliyotga samarali joriy etishga qaratilgan hududiy treninglar o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur treninglar barcha viloyatlarda tashkil etilib, ularda baholashning mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari, formativ va summativ baholash jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, baholash mezonlaridan samarali foydalanish hamda natijalarni tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Treninglar davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamladi, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali yangi baholash tizimini ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollar, amaliy muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu treninglar yangi mezonlarga asoslangan baholash tizimini maktablarda bir xil yondashuv asosida, sifatli va samarali joriy etish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. Endilikdagi asosiy vazifa — treninglarda olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga izchil tatbiq etish, baholash jarayonining shaffofligi, xolisligi va samaradorligini ta’minlashdir. Barcha hududlarda faol ishtirok etgan trenerlar, pedagoglar va jarayonni tashkil etishda munosib hissa qo‘shgan mutaxassislarga minnatdorlik bildiramiz. Telegram | Facebook | Instagram | Website

}