📰📰📰📰📰📰📰
📚 O‘qituvchilar uchun formativ baholash bo‘yicha metodik yo‘riqnomani ishlab chiqish ishlari davom etmoqda SMART-ED loyihasi doirasida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Respublika ta’lim markazi, UNICEF hamda Cambridge University Press & Assessment hamkorligida o‘qituvchilar uchun formativ baholash bo‘yicha metodik yo‘riqnoma ishlab chiqilmoqda. Loyiha doirasida ishchi guruhning navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda metodik yo‘riqnoma, amaliy misollar va videomateriallarni tayyorlash jarayoni muhokama qilinib, xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida keyingi ishlar muvofiqlashtirildi. Ishchi guruhning muntazam uchrashuvlari ishlab chiqilayotgan materiallarni xalqaro tajriba va milliy ta’lim tizimi talablariga mos ravishda takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | Website

Pedagogik mahorat va xaqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy sayti