Yangilik 10.09.2026

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi

‼️‼️‼️

#Йил_ўқитувчиси


✅ Avval xabar berganimizdek, “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi yakunlandi hamda natijalar tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan muhokama qilindi.


❗️Muhokamalar jarayonida har bir bosqich natijalari umumlashtirilganda ballari teng bo‘lib qolgan pedagoglar uchun qo‘shimcha tanlov sifatida mutaxassislik fani bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.


Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Yil o‘qituvchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita qarori ijrosi to‘g‘risida” 2026-yil 28—avgustdagi 323-son buyrug‘ida Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga alohida topshiriqlar berildi.



🔰 Mazkur topshiriqni bajarish maqsadida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining har bir bosqichida erishgan natijalari teng kelib qolgan sariosiyolik ikki nafar pedagog o‘rtasida mutaxassislik fanidan qo‘shimcha test sinovini o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyatida 11-sentabr kuni qo‘shimcha tanlov bo‘lib o‘tadi.

}